Golomorf dinamika
Hénon-tipidagi va polinomial-tipdagi akslantirishlar, dinamik darajalar, Green oqimlari va katta entropiyali o‘lchovlar.
ILMIY IZLANISH · TA’LIM · HAMKORLIK
Kompleks dinamika va pluripotensiallar nazariyasi.
V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi. O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti.
Toshkent, O‘zbekiston · PhD, DSc

Matematika instituti
Singapur Milliy universiteti
CNRS · Lill universiteti
Pisa universiteti
ILMIY FAOLIYAT
Kompleks dinamik sistemalar, pluripotensiallar nazariyasi va kompleks geometriya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boraman. Asosiy savollarim golomorf akslantirishlar dinamikasi, Green oqimlari va invariant o‘lchovlarning xossalari bilan bog‘liq.
2020-yilda Pisa universitetida professor Marco Abate rahbarligida PhD darajasini oldim. Keyinchalik CNRS / Lill universiteti va Singapur Milliy universitetida ilmiy faoliyat yuritdim. Hozir Toshkentda tadqiqot, dars berish va yosh matematiklar bilan ishlashni davom ettiryapman.
TADQIQOT YO‘NALISHLARI
Kompleks analiz, dinamika va geometriya tutashgan nuqtalardagi savollar.
Hénon-tipidagi va polinomial-tipdagi akslantirishlar, dinamik darajalar, Green oqimlari va katta entropiyali o‘lchovlar.
Plurisubgarmonik funksiyalar, sig‘imlar, ekstremal funksiyalarning Hölder uzluksizligi hamda Brjuno to‘plamining o‘lchov xossalari.
Riman sirtlaridagi meromorfik bog‘lanishlar, yassi tuzilmalar va geodeziklarning uzoq muddatli dinamikasi.
TANLANGAN ILMIY ISHLAR
TA’LIM VA ILMIY HAMJAMIYAT
Universitet matematikasi, ilmiy seminarlar va olimpiada masalalari orqali yosh matematiklarning mustaqil fikrlashini qo‘llab-quvvatlayman.
IsbotMatematikani mustaqil o‘rganish uchun kitoblar, mashqlar va testlar.↗Kompleks analizning zamonaviy muammolari. Ilmiy ma’ruzalar va tadqiqotlar muhokamasi.
Kompleks dinamik sistemalar va kompleks geometriya bo‘yicha ilmiy seminar.
π olimpiadasi, Mirzo Ulug‘bek musobaqasi va yosh tadqiqotchilar uchun “Maxsus kurslar” loyihasi.
BOG‘LANISH
Ilmiy hamkorlik, seminarlar yoki matematik ta’lim bo‘yicha menga yozishingiz mumkin.